Aksiya 29/03/2019 yildan boshlab ochilgan USD valyutali Standart turidagi hisob-varaqlariga tegishli bo'lib,
bundan MT5 hisob-varaqlari mustasno. Avval ochilgan hisob-varaqlariga mazkur shartlarga ko'ra xizmat ko'rsatiladi.
Mazkur bitim asosiy Oferta Shartnomasiga qo'shimcha hisoblanadi. Bonus bitimining shartlarini qabul qilib, Siz ofertani ham qabul qilasiz.
Bonusli dasturning ishlash prinsipi.
- InstaForex StartUp Bonus - bu depozitsiz bonus bo'lib, uni olish huquqiga kompaniyaning har bir yangi mijozgi ega bo'ladi.
- Bonusni olish uchun foydalaniladigan hisob-varag'ini ro'yhatdan o'tkazishda mijoz o'zining pasportidagi ma'lumotlari bilan mos tushuvchi ma'lumotlarni ko'rsatish majburiyatini oladi. Bonus hisobga olingandan so'ng F.I.O. maydonida ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'zgartirish taqiqlanadi.
- Bonus mablag'lari yechib olishini mumkin emas, ammo bonus uchun savdo qilish natijasida olingan foyda mazkur bitimda tartibga solingan shartlar bajarilganda chiqarilishi mumkin bo'ladi.
- InstaForex StartUp Bonus Foreksda savdo qilishni boshlash uchun mo'ljallangan. Mijozning hisob-varag'iga haqiqiy mablag'lar kelib tushganda bonus to'la hajmda bekor qilinadi.
- InstaForex StartUp Bonus hisob-varag'ida bonus olingan paytdan boshlab 7 kun mobaynida mablag' to'ldirilmasa, mazkur hisob-varaq demo-hisob-varag'iga konvertatsiyalanishiga mijoz rozi bo'ladi. Shundan so'ng InstaForex StartUp Bonus va bonusga savdo qilish natijasida olingan foyda demo-mablag'larga aylanadi.
- Agar mijoz InstaForex StartUp bonus o'tkazilgan hisob-varag'ini to'ldirib tursa, u holda InstaForex StartUp bonus bilan savdo qilishda olingan foyda depozitning 100% miqdoridagi bonusga konvertatsiyalanadi. Bunda InstaForex StartUp bonus bilan savdo qilishdan olingan foyda 10%ga etganda va hisob-varag'i u olingan paytdan boshlab 7 kun mobaynida to'ldirib turilganda birinchi depozitga bonus 100%ni tashkil etadi.
- StartUp Bonus 100% shartlari mazkur bitim bilan tartibga solinadi.
- Mijoz depozitga mablag' kiritilgandan so'ng hisob-varag'idagi barcha joriy bitimlar yopilishiga rozi bo'ladi.
- InstaForex StartUp Bonus hisob-varaqlarida foyda hisob-varag'i to'ldirilgandan so'ng haqiqiy deponirlangan mablag'lar va hisob-varag'idagi StartUp Bonus 100%dan olingan foyda o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlanishiga mijoz rozi bo'ladi. Bunda bonus summasiga mutanosib foydaning bir qismi mazkur bitimning 11-bandida ko'rsatilgan qoidalarga muvofiq uni ishlab chiqish paytigacha savdo hisob-varag'idan chiqarilishi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- InstaForex StartUp Bonus va StartUp 100% PAMM-hisob-varaqlariga investitsiya qilish uchun foydalanishi mumkin emas, biroq ForexCopy dasturida ishtirok etishda bitimlardan nusxa ko'chirish uchun foydalanishi mumkin.
- StartUp Bonus 100% BUY yoki SELL turidagi bitimlar X*3 InstaForex-lotga teng bo'lgan yig'indi hajmda bitimlar tuzilgandan so'ng ishlab tayyorlanishi mumkin, bunda X=hisobga kiritilgan bonus summasi. Bonusdan olinadigan foyda BUY yoki SELL turdagi bitimlar Y*3 InstaForex-lotga teng yig'indi hajmdagi bitimlar tuzilgandan so'ng yechib olinishi mumkin, bunda Y=bonusga mutanosib bo'lgan foydaning ulushi. Savdo hisob-varag'idan ishlatib bo'lingandan so'ng mablag'larni chiqarib olish uchun kabinetda havola bo'yicha buyurtmani jo'natish zarur bo'lib, bu havola zarur miqdordagi lotlarga erishganda paydo bo'ladi. Kompaniya sababini tushuntirmasdan bonus mablag'larini yechib olishga berilgan buyurtmalarni rad etish huquqini saqlab qoladi.
- Mijoz kompaniyaning xizmatlari to'g'risidagi axborotni bonus hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazishda ko'rsatilgan aloqa qilish manbalaridan olishga rozi bo'ladi.
- InstaForex StartUp Bonus hisobga kiritilgan hisob-varag'ida olingan savdo natijasiga bog'liq bo'lmagan holda mijoz kompaniyada boshqa hisob-varag'i ochishi va yangi hisob-varag'ini har bir to'ldirish uchun 30%li qutlov bonusini olishi mumkin.
- Bonusli Aksiyaning shartlari oldindan xabardor qilinmasdan o'zgartirilishi yoki to'ldirilishi mumkin.
- Bitimning asosiy tili - ingliz tili hisoblanadi. Bitimning mazkur shartlaridagi ingliz tilidagi versiyasi va uning tarjimasi orasida har qanday farq bo'lsa, u holda ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.